Barcelona Alvarezni qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda
Yoz bo‘yi davom etgan Julian Alvarez sarguzashti nihoyasiga yaqinlashmoqda. Barcelona yangi La Liga mavsumini yakshanba kuni Elchega qarshi boshlaydi, ammo hozircha asosiy tarkibda birorta tabiiy markaziy hujumchi yo‘q.
Shu bo‘shliq tufayli Alvarez klubning yozgi transfer rejasida birinchi raqamli maqsadga aylangandi. Ammo Atletico Madrid pozitsiyasini o‘zgartirmayapti: argentinalik hujumchi sotilmaydi. Kataloniyaliklar qancha bosim o‘tkazmasin, Madrid klubi darz ketkazishga yo‘l qo‘ymayapti.
Shunga qaramay, Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Barca taslim bo‘lishdan oldin yana bir marta zarba berishga qaror qilgan. Klub rahbariyati Alvarez bo‘yicha so‘nggi urinishni aynan shu kunlarda amalga oshiradi. Agar bu ham natija bermasa, hikoya shu yerda tugaydi.
Kelishuv Muddatlari
Kataloniya klubi ichkarida aniq muddat belgilab bo‘lgan: keyingi ikki-uch kun. Shu vaqt ichida kelishuv bo‘lmasa, Barcelona Alvarez variantini yopadi va rejadagi “B rejasi”ni ishga tushiradi.
Bu “B rejasi” atrofida esa allaqachon butun yoz davomida nomlar aylanishdan to‘xtamayapti. Hujum chizig‘iga o‘nlab futbolchilar bog‘landi, transfer mish-mishlari esa tinmadi. Endi esa navbatdagisi – Ayoze Perez. U ham kataloniyaliklar ro‘yxatida ko‘rsatilgan so‘nggi nom sifatida tilga olinmoqda.
Alvarez atrofidagi saga yoz bo‘yı sarlavhalarni egallab keldi. Har bir kichik yangilik, har bir rad etilgan taklif, har bir uchrashuv Kataloniyada kun tartibini belgiladi. Endi esa soat ortga sanayapti.
Barcelona yangi mavsumni hujumchisiz boshlaydimi yoki so‘nggi zarba oxir-oqibat natija beradimi? Javob aynan shu bir necha kun ichida ma’lum bo‘ladi.







