sport pulse

Zidane davri boshlandi: Deschampsdan keyingi Les Bleus

Didier Deschamps ketishi kutilgan edi. Uning o‘rniga Zinedine Zidane kelishi esa butun fransuz futbolini larzaga solishi aniq edi. Lekin o‘zgarish bunchalik tez, bunchalik keskin bo‘lishini ko‘pchilik tasavvur ham qilmagandi.

28-iyul kuni rasman lavozimni qabul qilib olgan Real Madrid afsonasi bir necha kun ichida Clairefontaine muhitini o‘zgartirib ulgirdi. Dushanba kuni mashg‘ulot bazasiga kirib kelgan paytdan boshlab, Fransiya terma jamoasida yangi taktik va madaniy davr boshlandi.

“Bu haqiqiy yangi sahifa”

FFF prezidenti Philippe Diallo’ning so‘zlari ortiqcha izoh talab qilmaydi. U La Provence’ga bergan intervyusida Zidane’ning yo‘nalishini aniq chizib berdi.

Uning ta’kidlashicha, Zidane Deschamps 14 yil davomida qurib kelgan modeldan ongli ravishda voz kechmoqda. Diallo buni shunday ifodaladi: u fransuz terma jamoasini boshqarish uslubida aniq va qat’iy g‘oyalarga ega, va allaqachon “o‘tmish bilan aloqani uzayotgan” murabbiy sifatida ish boshlagan. Federatsiya rahbari buni “haqiqiy yangi sahifa” deb atadi.

Gap shunchaki uslubiy bo‘yoqlar haqida emas. Gap hokimiyat almashinuvi emas, davr almashinuvi haqida ketmoqda.

Birinchi ro‘yxatdayoq zarba

Zidane qo‘lidagi eng ko‘rinadigan qurol – tarkib. Uning Nations League oldidan e’lon qilgan ilk ro‘yxati Fransiyada darhol katta munozaraga sabab bo‘ldi.

An’anaga ko‘ra, Deschamps o‘z chaqiruvlarini payshanba kuni e’lon qilardi. Zidane esa bu ritmni ham buzdi: u ro‘yxatni juma kuni oshkor qildi. Kichik detaldek tuyulishi mumkin, lekin terma jamoa atrofidagi odatlar, marosimlar ham o‘zgarayotganidan darak.

Yana bir keskin burilish – son. Deschamps ko‘pincha 26 nafar futbolchini chaqirardi. Zidane esa 23 nafar o‘yinchi bilan cheklanishni tanladi. Kichikroq, lekin aniqroq guruh. Raqobat balandroq, bahona kamroq.

Diallo bu qarorni Zidane niyatining birinchi va juda aniq ishorasi sifatida ko‘radi. U shunday deydi: 23 o‘yinchi – bu tasodif emas, bu ularni haqiqatan ham maydonga tushirish, ularni ishontirish, ularga mas’uliyat yuklash istagi. Tarkibda kutilmagan ismlar paydo bo‘ldi, kutilgan ba’zilari esa umuman yo‘q. Bu esa bir narsani ko‘rsatadi: murabbiy hech kimga “o‘tgan xizmatlari” uchun kafolat bermaydi.

Zidane tarkibni boshqarish uslubini sindiryapti. Bu endi Deschampsning xavfsiz, keng, ehtiyotkor ro‘yxatlari emas. Bu tanlab olingan, aniq vazifaga yo‘naltirilgan 23lik.

Maqsad o‘zgarmaydi: faqat g‘alaba

Usul o‘zgardi, lekin manzil o‘sha. G‘alaba.

Diallo ta’kidlaydi: Zidane tizimni yangilashga bo‘lgan ehtiyojni shunchaki yangilik uchun emas, balki ichki raqobat ruhidan, milliy libosga bo‘lgan chuqur bog‘liqligidan kelib chiqib his qilmoqda. Federatsiya uchun u – hozirgi “oltin davr”ni cho‘zibgina qolmay, uni yanada balandroqqa ko‘tarishga qodir shaxs.

Fransiya so‘nggi yillarda barqarorlik, final va yarim final seriyasi bilan faxrlanadi. Lekin endi talab boshqacha: muntazam “oxirgi to‘rtlik” yetarli emas, sovrinlar kerak. Yana va yana.

Diallo fikricha, Zidane aynan shuning uchun kelgan. U o‘z hayotida terma jamoa unga bergan hamma narsani qaytarishni istaydi: futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham. G‘alaba orqali. Tomoshabinga zavq, mamlakatga faxr bag‘ishlash orqali.

Deschamps poydevori ustiga quriladigan yangi inshoot

Hech kim Deschamps merosini inkor qilmayapti. Uning davri barqarorlik, turnirlarning so‘nggi bosqichlari, ichki intizom bilan esda qoladi. Ammo endi savol boshqacha: shu poydevor ustiga yanada tajovuzkor, yanada hukmron jamoa qurish mumkinmi?

Diallo ishonch bilan “ha” deydi. Uning nazarida, Zidane bu “oltin davr”ni cho‘zibgina qolmay, chegarani kengaytirishi, Fransiyani nafaqat doimiy nomzod, balki mutlaq favoritga aylantirishi kerak.

U yakunida shunday fikr bildiradi: Zinedine – bu davrni davom ettirish uchun eng mos inson. Maqsad – har safar “final to‘rtlik”ka kirish emas, undan ham nariga o‘tish, unvonlarni qo‘lga kiritish. Diallo ishonadi: Zidane aynan shu uchun keldi.

Endi savol bitta: Clairefontaine’da boshlangan bu inqilob Fransiyani navbatdagi yirik finalda nafaqat ishtirokchi, balki yana chempionga aylantira oladimi?

Pinco Avto Omad — 12 ta avto uchun sovrinli o‘yinga qo‘shil