Hakim Ziyech Al-Ittihad taklifini ko'rib chiqmoqda
Marokash yulduzi Hakim Ziyech atrofidagi bo‘ron tobora kuchayib bormoqda. Wydad bilan keskinlashgan mojaro fonida sahnaga kutilmaganda yangi da’vogar chiqdi – Liviya klubi Al-Ittihad hujumga o‘tdi.
"Africa Foot" ma’lumotiga ko‘ra, Al-Ittihad Ziyechni qo‘lga kiritish uchun moliyaviy jihatdan juda jozibador, katta miqdordagi taklifni stolga qo‘ydi. Klub transferni tezda yakunlashga tayyor, shartlar esa futbolchi uchun ham, uning atrofidagi bozor uchun ham diqqatga sazovor darajada manfaatli ko‘rinadi.
Ammo hozircha hech narsa bitdi, deyish mumkin emas. Ziyechning Wydad bilan shartnoma masalasidagi tortishuvi davom etmoqda. Muzokaralar bir necha haftadirki cho‘zilib ketgan, tomonlar o‘rtasidagi masofa esa qisqarish o‘rniga yanada kattalashayotgandek.
So‘nggi haftalarda Ziyech va Wydad o‘rtasidagi munosabat keskin sovib ketdi. Gap faqat maydondagi rol yoki sportiy qarorlarda emas – moliyaviy talablar, ichki intizom va klub siyosati ham bahs markazida turibdi. Bir necha bor o‘tkazilgan uchrashuvlar, yig‘ilishlar, yopiq eshiklar ortidagi suhbatlar ham pozitsiyalarni yaqinlashtira olmadi.
Vaziyat ayniqsa keskin tus oldi: Hakim Ziyech ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, klub prezidenti Ibrahim El Assri ustidan ochiqchasiga yolg‘onchilikda ayblov qo‘ydi. Bu post mojaroni ichki nizodan ommaviy janjal darajasiga ko‘tardi, Wydad obro‘siga ham, futbolchining kelajagiga ham bevosita ta’sir qiladigan bosimni oshirdi.
Klub bu bo‘hronni tezroq yopishni istaydi. Wydad rahbariyati chiziq tortib, sahifani yopishga, jamoa atrofidagi shovqinni kamaytirishga urinmoqda. Ziyech esa yon bermayapti. U o‘z haq-huquqlarini to‘liq olishga qat’iy bel bog‘lagan, "Africa Foot" xabariga ko‘ra, agar kelishuvga erishilmasa, masalani FIFA darajasiga olib chiqishi ham mumkin.
Shu fon’da Al-Ittihadning paydo bo‘lishi syujetga yangi burilish kiritdi. Bir tomonda – Wydad bilan charchatgan mojaro, ikkinchi tomonda – moliyaviy jihatdan kuchli, tez harakat qilayotgan Liviya klubi. Ziyech uchun bu chiqish eshigi bo‘lishi mumkin, Wydad uchun esa murakkab bo‘lsada, inqirozni pulga aylantirish imkoniyati.
Endi asosiy savol: Hakim Ziyech Wydad bilan jangni davom ettiradimi yoki Al-Ittihad taklifini qabul qilib, yangi sahifani ochadimi? Futbol bozorida javob uzoq kuttirmaydigan turdagi savollardan.







