sport pulse

Manchester City oltin davridan xayr aytyaptimi?

Bir kechaning o‘zida, Arsenal’dan olingan og‘ir zarba Manchester City atrofidagi kayfiyatni butkul o‘zgartirib yubordi. Community Shield’dagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat oddiy yozgi sinov emasdi. Bu o‘n yildan ortiq davom etgan loyihaning tagidan yoriq ketayotganini ko‘rsatgan birinchi aniq ishora bo‘ldi.

Etihad tribunalarida sukut hukmron, ammo bu sukut ichida bitta savol chinqirayotgandek: City oltin davrini ortda qoldiryaptimi?

Uch ustun ketmoqda

Manchester City sport direktori Txiki Begiristain allaqachon klubni tark etdi. Uning ketishi ko‘pchilik kutganidan ham og‘irroq zarba bo‘lib chiqdi. Ortidan esa yana ikki ulkan figura eshik tomon yo‘l olyapti: Pep Guardiola va maydon markazidagi tayanch Rodri.

Sky blues endi yillar davomida raqibni ezib kelgan, mukammallikka yaqin mashinadan yangi yo‘l izlayotgan, o‘zini qayta kashf etishga majbur bo‘lgan jamoaga aylanmoqda.

Angliya futbolida bitta savol tobora balandroq yangrayapti: City Manchester United Sir Alex Ferguson’dan keyin yiqilgan tuzoqqa tushmaydimi? Yoki uchta tayanch ustunni birvarakay yo‘qotish ularni ham natijalar bosimi ostida deyarli noldan qurilish boshlashga majbur qiladimi?

Bu endi nazariy savol emas. Javob maydonda ko‘rina boshladi.

Maresca birinchi devorga urildi

Kim bo‘lishidan qat’i nazar, Pep’dan keyin City boshqaruvini qo‘lga oladigan murabbiy ulkan yukni ko‘taradi. Bu yukni hozir Enzo Maresca yelkasida sezmoqda.

Leicester City va Chelsea bilan sovrin yutgan, zamonaviy, dadil futbol tarafdori bo‘lgan murabbiy Etihad’da ishni katta umidlar bilan boshladi. Ammo birinchi rasmiy sinovdayoq Arsenal devoriga urildi. Community Shield’dagi mag‘lubiyat shunchaki hisob emasdi – bu kayfiyat, bu signal edi.

0:3 – va City kiyinish xonasida ilk bor haqiqiy og‘ir kunlar boshlangani tan olindi.

Klub egaligi o‘zgarmadi, Ferran Soriano hanuz moliyaviy va operatsion boshqaruvning markazida turibdi. Lekin bir yil ichida City ularni afsonaga aylantirgan birinchi ustunini yo‘qotdi. Zamonaviy futbolning eng muvaffaqiyatli sport direktorlaridan biri hisoblangan Txiki Begiristain sokin tarzda ketishga qaror qilgan, klub ichida esa uning bo‘shlig‘i asta-sekin sezilib bormoqda.

U Erling Haaland’ni 60 millionga, Rodri’ni 70 millionga olib kelgan, qimmat tarkibni mohirona sotuvlar bilan muvozanatlashtirgan odam edi. Uning o‘rnini egallagan Hugo Viana esa bu yozdayoq atigi ikki transferga 130 milliondan oshiq mablag‘ sarflab bo‘ldi.

Bu – oddiy raqamlar o‘yini emas. Bu City’ni yillar davomida boshqalardan ajratib turgan uzoq muddatli konsepsiya o‘zgarayotganini bildiradi. Xuddi Ferguson’dan keyin Manchester United boshidan kechirganidek.

Pep ketadi – uslub ham ketadi

Ikkinchi qulagan ustun – Pep Guardiola. Uning taktik dahosi, har mavsum o‘zini qayta ixtiro qilish qobiliyati haqida allaqachon tomlar yozilgan. Ammo City ichida Pep’ni boshqalardan ajratib turgan narsa bundan ham kattaroq edi: klub ichidagi mutlaq ta’siri.

Pep “teginilmas” edi. G‘alaba qilsin yoki mag‘lub bo‘lsin – uning mavqei shubha ostiga qo‘yilmasdi. Maresca yoki boshqa hech bir murabbiy bu maqomni ololmaydi.

O‘zini deyarli “abadiy” his qiladigan murabbiy bilan har kuni natijasi bilan yashaydigan murabbiy o‘rtasidagi tafovut maydondagi o‘yinda ham, raqiblar ongida ham yaqqol seziladi. Guardiola ketgan kun – City uslubi bilan birga ketadigan kun bo‘ladi. U bilan birga yillar davomida raqiblarni psixologik jihatdan bosib kelgan ishonch ham so‘nadi.

Bu bo‘shliq Manchester United Ferguson’dan keyin qulgan bo‘shliqqa juda o‘xshaydi. Bir murabbiy ketadi, ikkinchisi keladi, uchinchisi sinovdan o‘tadi – ammo klub eski sha’nini qaytarolmaydi. Yillar o‘tadi, yo‘l topilmaydi.

City aynan shu xavf yoqasida turibdi.

Eng og‘ir zarba: Rodri

Uchinchi, eng xavfli ustun – Rodri. Uning ketishi endi ufqda ko‘rinib turibdi.

Zamonaviy futbolda butun jamoani bir darajadan boshqa darajaga ko‘tarib yuboradigan markaziy yarim himoyachilar juda kam. Rodri shunday futbolchi edi. U bilan City – chempion. Usiz – boshqa jamoa.

U avvalroq safdan chiqqan paytlaridayoq City o‘yinidagi chiziqlar orasidagi bo‘shliq, markazdagi beqarorlik, pressing va orqaga qaytishdagi muvofiqlik yetishmasligi ochiq ko‘ringan. Rodri bo‘lmaganda, jamoa muvozanatni yo‘qotadi, intizom pasayadi. Endi esa bu yo‘qotish doimiy tus olishi mumkin.

Bunday o‘yinchisini yo‘qotib, darajasini ushlab qola olgan klubni tarix kam eslaydi. City bu qoidadan mustasno bo‘la oladimi?

Pul bor, lekin yo‘l qayda?

Ha, City hanuz ulkan moliyaviy resurslarga ega. Infratuzilma zamonaviy, egalik barqaror. Bu – yarmi hal bo‘lgan masala. Ammo Txiki, Pep va Rodri uchligisiz bu loyiha endi boshqa loyiha.

Klub hozir qayta qurilishning haqiqiy bosqichiga kirib keldi. Maresca bir vaqtning o‘zida ikkita og‘ir vazifani bajarishi kerak: yangi futbol falsafasini shakllantirish va ayni paytda natijani darhol ta’minlash. Bunday bosimni u avval hech qayerda, ayniqsa City miqyosidagi klubda his qilmagan.

Arsenal’dan olingan mag‘lubiyat hech narsani yakuniy hal qilmaydi. Ammo u City’ning so‘nggi yillarda ramzga aylangan muvozanat va barqarorlikni yo‘qotganini ochiq ko‘rsatdi.

Agar mavsum startida ham natijalar xuddi shunday xafa qilsa, klub o‘zini deyarli to‘liq qayta qurilish sari majbur bo‘lib qolgan holda topishi mumkin. Bu – Fergusondan keyingi United yo‘li.

United saboqlari va Cityning sinovi

2013 yildan keyin Manchester United boshidan kechirganlar har qanday yirik klub uchun ogohlantiruvchi dars bo‘lib turibdi. Ma’muriy xatolar, murabbiylar almashinuvi, transfer bozoridagi tartibsizlik – va buning evaziga deyarli hech qanday barqaror sportiy qaytish yo‘q.

City bunday taqdirdan qochish imkoniga ega. Ular uchun ustunlik – egalikdagi barqarorlik va moliyani ehtiyotkor rejalashtirish. Ammo birinchi ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq kecha chalindi. Endi United tajribasini takrorlash qo‘rquvi – xayoliy emas, real.

Txiki, Pep va Rodri ustiga qurilgan muvaffaqiyat yana bir bor, xuddi shu kuch bilan qaytariladimi? Yoki bu davr City tarixida qaytarilmas, noyob sahifa bo‘lib qoladimi?

Oldindagi oylar shuni hal qiladi: Manchester City bu og‘ir o‘tish davrini kam yo‘qotish bilan yengib o‘tadimi yoki abadiy raqibi boshidan o‘tkazganidek, yillar davom etadigan, charchatib yuboradigan qayta qurilish tunneliga kirib ketadimi?

Manchester City oltin davridan xayr aytyaptimi?
Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling