Maresca va Reijnders: Manchester Citydagi kelajak savollari
Manchester City bosh murabbiyi Enzo Maresca yozgi oynaning eng nozik savollaridan biriga yana qaytdi: Tijani Reijnders kelajagi va uning klubdagi roli.
Italiyada, Milan safida o‘ynagan davridayoq yaxshi tanish bo‘lgan futbolchisi haqida gapirar ekan, Maresca vaziyatni ortiqcha bezamasdan, juda sodda, lekin aniq tasvirladi. Unga ko‘ra, bu shunchaki transfer bozori mantig‘i emas, bir mavsum kutib yashagan futbolchining tabiiy reaksiyasi.
Murabbiy Reijnders holatini avvalgi mavsumda o‘z taqdirini hal qilgan Omar Marmoush va James Trafford bilan qiyosladi. Ularning ham o‘tgan mavsumi hozirgi qarorlariga bevosita ta’sir qilgan edi.
Maresca shunday deydi: futbolchilar har kuni mashg‘ulot qiladi, haftani bir maqsad bilan tugatadi — maydonga tushish. O‘yin bo‘lmaganda, tushunmovchilik boshlanadi, savollar ko‘payadi. Bir mavsum davomida kutgan, lekin o‘zi istagan darajada o‘ynamagan futbolchining ko‘proq maydon istashi — uning nazarida mutlaqo odatiy holat.
Shu yerda murabbiyning eng keskin jumlalaridan biri keladi: futbolchini fikridan qaytarish qiyin, agar u allaqachon qarorini ichida qabul qilib bo‘lgan bo‘lsa. Maresca aynan Reijndersni shunday holatda ko‘rayotganini yashirmaydi. U klub, futbolchi va murabbiy bir xil fikrga kelgan pallani “o‘yinchi uchun eng to‘g‘ri qaror” deb ataydi. Bunday vaqtda bitta yo‘l qoladi — ketish.
Shunga qaramay, bu hikoya hali yakun topgani yo‘q. Murabbiy “Tij hali rasmiy ravishda ketgani yo‘q, hammasi yaqin soatlarda hal bo‘ladi”, deya eslatib o‘tdi. U pre-sezon davomida Reijnders bilan bir necha bor suhbatlashganini, kelajagi yuzasidan ochiq gaplashganini aytadi.
Maresca yozgi o‘yinlarda ko‘rgan Tijaniyidan mamnun bo‘lgan. Uning pre-sezondagi chiqishlarini “umuman olganda yaxshi” deb baholaydi. Bu baho shunchaki diplomatik ibora emas — murabbiy futbolchini Italiyadagi davridan beri biladi, Milan safidagi roli, odatdagi pozitsiyasi unga yaxshi tanish. Reijnders chuqurroq, orqaroqda o‘ynashni yoqtiradi, balandroq, raqib darvozasiga yaqin nuqtalarda emas. Manchester Cityda esa undan biroz boshqacha rol talab qilinishi mumkin edi.
Murabbiy aynan shu moslashuv jarayonini ko‘rgan, tajriba qilgan, o‘yinchining yangi rolga kirib borishini kuzatgan. Unga yoqqan. Lekin yoqimtoy pre-sezon ham futbolchining ichki qarorini o‘zgartirishga har doim ham yetmaydi.
Savol
Endi esa savol aniq: Manchester City Reijindersni yo‘qotadimi yoki Maresca qo‘lida o‘zi yaxshi biladigan, taktik jihatdan moslashuvchan yarim himoyachini ushlab qola oladimi?
Javob, murabbiy aytganidek, endi soatlarga bog‘liq.






