Michael Owen: Liverpool yozgi transfer oynasidagi sekinlikdan hayron
“Liverpool”ning sobiq hujumchisi Michael Owen yozgi transfer oynasidagi sekinlikdan hayron. Uningcha, klub “West Ham” qulagan paytda Jarrod Bowen’ni olib qolishi shart edi – va bu imkoniyat qo‘ldan boy berildi.
Salah ketdi, savollar esa ko‘paydi
“Liverpool” allaqachon qanot hujumchisi Victor Munoz’ni “Osasuna”dan 34,5 million funt evaziga olib keldi. Lekin Mohamed Salah ketgani, Hugo Ekitike esa uzoq muddatga safdan chiqqani fonida bu yetarli emasdek.
Klub yana bir, ehtimol ikki hujumchi qidirmoqda. “Paris Saint-Germain” bilan Bradley Barcola bo‘yicha muzokaralar davom etyapti, Chempionlar Ligasi g‘oliblarining yosh hujumchisi Ibrahim Mbaye ham kuzatuvda. Ammo Owen nazarida asosiy zarba allaqachon o‘tilib bo‘lingan.
U “West Ham United” qulagan zahoti Bowen uchun harakat qilish kerak edi, deb hisoblaydi. Angliya terma jamoasi a’zosi esa yakunda London stadionida qolishni tanlab, yangi shartnoma imzoladi.
Owenning o‘zi buni yashirmaydi:
Mo Salahning gollari va assistlari yo‘qolgan bir paytda, “Liverpool”ning hujum chizig‘idagi chuqurlik masalasi unga xavotir bag‘ishlayapti. U Bowen’ni tayyor, sinovdan o‘tgan, Premyer-liga darajasida o‘zini isbotlagan futbolchi sifatida ko‘radi – Anfild uchun ayni muddao bo‘lgan variant, deb biladi.
Barcola uchun katta pul, katta qaror
Hozir butun diqqat-e’tibor, Owen ta’biri bilan aytganda, deyarli to‘liq Barcola transferiga qaratilgandek. Fransiyalik iqtidor uchun so‘ralayotgan katta summa esa boshqa bir hujumchining ketishiga olib kelishi mumkin.
Narx baland, bosim ham. Shunga qaramay, Owen “Liverpool” yana bir hujumchini albatta olib keladi, deb ishonadi. Chunki Salah qoldirgan bo‘shliq oddiy transfer bilan to‘ldiriladigan darajada kichik emas.
Isak va Wirtz: qimmat duetdan kutilyotgan javob
Klub ichida ham savollar ko‘p. 100 million funtdan ortiqka tushgan juftlik – Alexander Isak va Florian Wirtz – endi o‘z qiymatini isbotlashi kerak bo‘lgan pallaga kirdi.
Isak o‘tgan mavsumni sinov bilan o‘tkazdi. Uzoq tanaffusga majbur qilgan oyog‘i sinishi, ketma-ket mayda jarohatlar ritmni butunlay buzdi. Owen bu jarohatning og‘irligini yaxshi tushunadi: bunday jarohatdan keyin ko‘pincha futbolchi avvalgi darajasiga zo‘rg‘a qaytadi, undan ham yuqoriga sakrash esa yanada qiyin.
Shunga qaramay, u Isakning “Newcastle”dagi davrini eslaydi – u yerdagi o‘yin, Jahon chempionatidagi ishtirok, hammasi bir narsani ko‘rsatgan: bu hujumchi to‘liq sog‘lom bo‘lsa, Andoni Iraola qo‘l ostida ham yuqori saviyada o‘ynashga qodir.
Wirtz uchun esa bu Angliyadagi ikkinchi mavsum bo‘ladi. Moslashuv davri ortda. Endi undan ham yakuniy pas, ham gol, ham o‘yin ritmini boshqarish talab qilinadi.
Curtis Jones: Anfild mahalliy yulduzsiz qoladimi?
Yana bir nozik masala – Curtis Jones kelajagi. Shartnomasining so‘nggi yili. “Inter” allaqachon qiziqish bildirgan, ammo “Liverpool” belgilagan narxga yetgani yo‘q. Turkiyaning “Galatasaray” klubi ham navbatda.
Owen uchun bu oddiy transfer emas. Bu – Anfild ruhining bir bo‘lagi haqida gap. Chunki u biladi: mahalliy futbolchi har doim boshqacha qabul qilinadi.
U shunday deydi: mahalliy, akademiyadan chiqqan futbolchilar “Liverpool” libosini kiyganida, tribunalar buni boshqacha his qiladi. Bu aloqani so‘z bilan tushuntirish qiyin, lekin u mavjud – Owenning o‘zi ham shu yo‘lni bosib o‘tgan.
Shu bilan birga, u bugungi futbol haqiqatini ham eslatadi. Boshqa klublarga qarang: Jack Grealish “Aston Villa”dan ketganida tanqid bo‘ldi, lekin bu jarayon to‘xtamaydi. Futbolchi ketadi, klub yashashda davom etadi. Shunga o‘xshash holatlarni u o‘z tajribasi bilan solishtiradi – mahalliy bola sifatida “Liverpool”da o‘ynash qanchalik yoqimli bo‘lganini eslaydi.
Endi savol ochiq qoladi: Iraola qo‘l ostidagi yangi “Liverpool” Salahsiz, ehtimol Jones’siz va bosimi oshayotgan transfer bozori fonida qanchalik tez qayta qurila oladi?





