sport pulse

Mikel Arteta va jamoaning yangi transferlari

Mikel Arteta qo‘l ostidagi iqtidorlar soniga nazar tashlasangiz, ko‘zingiz quvnaydi. Bu fikrni aynan Mikel Merino ham yashirmadi. U klub ichidagi raqobatdan zavqlanayotganini aytar ekan, so‘zini cho‘zmay, bor gapni aytdi:

"Rostini aytsam, bu narsa aqldan ozdiradi. Ehtimol, hozir futboldagi eng yaxshi yarim himoya," — dedi jahon chempioni. "Bizda har bir o‘yinchi bor, maydonga tushsa, o‘z ishini zo‘r bajaradi. Bu ajoyib."

Merino uchun bu nafaqat maqtov, balki talab ham.

"Bu jamoa uchun yaxshi. Shturmdagi, himoyadagi, hamma uchun yaxshi. Chunki agar sen yomon kun o‘tkazsang, yoningdagi o‘yinchi chiqib, zo‘r o‘yin ko‘rsatadi. Hammani darajasini ko‘taradi."

Yangi yulduz – zudlik bilan ishga tushgan transfer

So‘ng so‘z navbati yangi jamoadoshga keldi. Merino hech ikkilanmay, yangi kelgan braziliyalikni alohida ajratib ko‘rsatdi:

"Ajoyib transfer. U bu yillar davomida Newcastle safida qay darajada kuchli ekanini isbotlab bo‘lgan. Bugun ham yana ko‘rsatdi," — dedi u. "Juda xotirjam, texnik jihatdan juda kuchli, ustiga-ustak, himoyada ham juda ko‘p ishlaydi. Juda yaxshi transfer. Yuqori darajadagi futbolchi, lekin bu jamoada shundaylardan juda ko‘p. Kim bo‘lmasin, bu jamoaga yordam berishga kelgan har bir kishi xush kelibsiz."

Braziliyalik yangi futbolchi moslashish uchun vaqt so‘ragani yo‘q. U allaqachon Gunners libosida ilk daqiqalarini o‘tkazib bo‘ldi — Italiya klubi Como bilan bo‘lgan mavsumoldi uchrashuvida. Endigina jamoaga qo‘shilgan bo‘lsa-da, u Artetadan o‘yin vaqtini so‘rab, o‘zini maydonga otishga shoshildi.

Arteta buni yashirmadi: "U atigi uchta mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin yaxshi ko‘rindi. Bugun maydonga tushish uchun juda ko‘p harakat qildi," — dedi u jurnalistlarga. "U darrov debyutini qilishni, muxlislarimiz oldida o‘ynash tuyg‘usini his qilishni xohladi. Buni darhol sezasiz. U bilan jamoa o‘rtasida kuchli aloqa paydo bo‘layotganini his qilyapman, bu bizni yanada kuchli qiladi."

To‘yingan emas, och jamoa

So‘nggi mavsumdagi muvaffaqiyatlar bu jamoani tinchlantirmagan. Aksincha, ichkaridagi ochlikni yanada kuchaytirgan ko‘rinadi. Merino ham aynan shu nuqtaga urg‘u berdi.

"Bizda ajoyib jamoa bor, deb o‘ylayman. Ochlik hanuz shu yerda," — deya davom etdi ispaniyalik. "O‘tgan mavsum yutdik deb, shunga rozi bo‘lib o‘tirmaymiz. Biz yana va yana, yana ko‘proq narsani xohlaymiz. Har qanday sovrinni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bu jamoaning eng katta sifati shunda. Faqat chuqurlik, har bir pozitsiyadagi sifat emas, aynan shu ochlik."

Bu so‘zlar Arteta loyihasining hozirgi bosqichini juda aniq ifodalaydi. Keng, sifatli tarkib, ichkarida yonib turgan raqobat va sovrinlardan to‘ymaydigan mentalitet.

Shunday fon ostida yangi mavsumga kirib borayotgan Gunners uchun bitta savol qoladi: bu ochlik ularni nihoyat eng katta marragacha olib chiqadimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling